Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘z ukasining 7000 AQSh dollarini o‘g‘irlagan ayolga hukm o‘qildi

O‘z ukasining 7000 AQSh dollarini o‘g‘irlagan ayolga hukm o‘qildi

Karima Sindarova (ismi-sharif o‘zgartirilgan) yetti ming AQSh dollari miqdoridagi pulni o‘g‘rillaganlikda aybdor deb topildi.

Ayol kimning pulini o‘g‘rilabdi deng? Ukasining!

Opa-uka Sharof Rashidov tumanida onasiga teshili uyda istiqomat qilardi. Karima turmushga chiqqan, ikki nafar voyaga yetmagan bolaning onasi. Turmushidagi muammolar sabab vaqtincha ota uyida edi. Ukasining ro‘zg‘ordan qiyib-qimtib, pul yig‘ib yurganidan voqif bo‘lgach, ularga ega chiqish payiga tushsami?! Shu yilning mart oyida u kutgan fursat keladi. Uyda hech kim yo‘qligidan foydalangan ayol umumiy xonadonning ukasiga tegishli xonasiga deraza oynasini ochib kirib, hammayoqni tit-pitisini chiqardi. Kitoblar orasidan yetti ming dollarini topgach, kirgan joyidan chiqib, deraza oynalarini yana avvalgi holatiga keltirib qo‘yadi.

Pullarni esa Jizzax, Samarqand va Toshkentga qilgan sayohatlari davomida o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

...Ko‘p o‘tmay hammasi fosh bo‘ldi: ichki ishlar xodimlari izlar begonaga emas, jabrlanuvchining opasiga qarab ketayotganini aniqlashgach, xonadon vakillari hijolatga tushishadi ham. Biroq g‘isht qolipdan ko‘chgan, ishni oxirigicha yetkazish shart ediki, shu tariqa jinoyat ishi sudga oshirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi raisi G‘.Yalgashevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Karima Sindorova O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 2-qismining «b,g» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida, ya’ni 1.013.650 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Jazo yengilmi?

Gap shundaki, sud sudlanuvchining aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligini, yetkazilgan zararlar to‘liq qoplangani va eng muhimi, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi hamda qaramog‘ida 2 nafar voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga oldi. Shu bois qayd etilgan modda sanksiyasida nazarda tutilgan jarima jazosining eng kam miqdorini tayinlashni lozim topdi.

U yog‘iga insofni har kimning o‘ziga bersin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring