Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjon - Armaniston harbiylari qurolli to‘qnashuvida uch kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjon - Armaniston harbiylari qurolli to‘qnashuvida uch kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjon - Armaniston chegarasida qurolli to‘qnashuv natijasida uch nafar ozarbayjon askari halok bo‘lgan. Bu haqida «RBK» yozdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 12-iyul kuni Tovuz viloyatida ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining qurolli to‘qnashuvi bo‘lib o‘tgan. Ozarbayjon tomoni Armanistonni sulh shartlarini buzganlikda va Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini artilleriya tomonidan otishda aybladi.

Armaniston, o‘z navbatida, yuk mashinada Ozarbayjon askarlarining bir guruhi chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringanliklarini, ogohlantirishdan so‘ng ular mashinani tashlab, g‘oyib bo‘lishganini, ammo bir soatdan keyin ular o‘q uzib, chegara nuqtasini «bosib olishga urinishlarini» takrorlashdi. Shu bilan birga, Armaniston tomoni hech qanday yo‘qotishlar yo‘qligini aytgan. 

So‘nggi 30 yil ichida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy tus olgan. Bu keskinliklarga tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sabab qilib ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring