Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek jurnalistikasi og‘ir judolikka uchradi

O‘zbek jurnalistikasi og‘ir judolikka uchradi

Mah

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, o‘ziga xos muharrirlik maktabi yaratgan tajribali ijodkor, iqtidorli munaqqid va tarjimon Mahmud Sa’diy 80 yoshida olamdan o‘tdi.

Mahmud Sa’diy 1939-yil Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. Maktabni tamomlaganidan keyin hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limida tahsil oladi.

Keyinchalik «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, «Guliston» jurnalida katta adabiy xodim, bo‘lim mudiri, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bo‘lim mudiri, «Ma’rifat» gazetasida maxsus muxbir, sharhlovchi, bo‘lim muharriri vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi. Uzoq yillar davomida bo‘lajak jurnalistlarga saboq berdi, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun «Tahrir san’ati» o‘quv dasturini yaratgandi.

Mahmud Sa’diy «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» unvoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring