Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy poligonlar 10 taligi tuzildi (foto)

O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy poligonlar 10 taligi tuzildi (foto)

Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarlik boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan dala o‘quv maydonlari reytingi tuzildi. Bu haqda harbiy jurnalist Kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Hududi va zamon talablariga mosligi, aviatsiya hamda artilleriya qurollaridan o‘t ochish imkoniyatidan kelib chiqib, Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi «Kattaqo‘rg‘on» poligoni birinchilikda ekanligini e’tirof etish lozim.
Ikkinchi o‘rinda Jizzax viloyatidagi «Forish» tog‘ poligonidir. Bu yerda o‘tgan yilni o‘zida AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya Hindiston, Rossiya, Turkiya Pokiston hamda Xitoy qurolli kuchlari vakillari bilan 16 marotaba harbiy hamkorlik doirasida taktik va maxsus o‘quvlar, treninglar o‘tkazildi. 2019 yilda esa ilk bor O‘zbekiston mehbonlik qilgan «Armi-2019» halqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
3-o‘rinda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli «Buxoro» umumqo‘shin dala o‘quv maydoni turadi. Ushbu poligon Kuchishlatar bo‘linmalar bilan hamkorlikda o‘quv mashqlar o‘tkazilishi uchun juda qulay hisoblanadi. Bu yerda har yili an’anaviy tarzda mutaxassisliklar bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.
Uchinchi o‘rindagi «Buxoro» umumqo‘shin dala o‘quv maydoni
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining yagona «Nukus» poligoni 4-o‘rinni egalladi.
5-o‘rinda Sharqiy harbiy orkugdagi «Sho‘rsuv» va «G‘urumsaroy» dala o‘quv maydoni qulay joylashuvi hamda parashyutdan sakrash mashqlarini ko‘p o‘tkazilishi bilan ajratilib turadi. «G‘urumsaroy» poligonida 2019 yilda dunyo standardlariga to‘la-to‘kis javob beradigan 20,7 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Muborak» poligoni b-o‘rinda qayd etildi.
Qashqadaryo viloyatidagi «Nuriston» dala o‘quv maydonlari 7-o‘rinni band etdi.
«Termiz» poligoni esa 8-o‘ringa munosib deb topildi.
Toshkent harbiy okrugidagi «Chirchiq» poligoni harbiy paradlar o‘tkazilishi bilan alohida ajralib turadi.Bu poligon to‘qqizinchi o‘ringa qo‘yildi.
«Chirchiq» poligoni shuningdek yana 3 ta oliy harbiy bilim yurti kursantlari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati, Chirchiq garnizoni harbiy xizmatchilari hamda Kuch tuzilmalarning bo‘linmalarini harbiy amaliy tayyorgarlik bilan shug‘ullanishi uchun xizmat qilmoqda.
Qurolli Kuchlar bo‘yicha eng ixcham hamda harbiy amaliy mashg‘ulotlar olib borishda o‘quv joylarini keng qamrovligi jihatidan Samarqand garnizonidagi «Sazagan» poligoni ushbu reyting o‘ntaligidan joy oladi. Mazkur dala o‘quv maydonini rasman ochilish marosimi joriy yilning 14 mart kuniga rejalashtirilgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring