Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bugunning o‘zida 2,5 mln dona daraxt ekadi

O‘zbekiston bugunning o‘zida 2,5 mln dona daraxt ekadi

Bugun, 11-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida tashkilotga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar davlat rahbarlari ishtirokida «Yashil makon» loyihasi doirasida Registon maydonida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bir vaqtning o‘zida ko‘chat ekish tadbirlari uyushtirilmoqda.

Mazkur tadbir a’zo davlatlarda ham bir vaqtning o‘zida boshlandi va bu onlayn formatda tashkil qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, tadbir doirasida Ozarbayjonda 111 mingta  ko‘chat o‘tqazish rejalashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston bugunning o‘zida 2,5 mln dona daraxt ekishni rejalashtirmoqda.

Eslatib tamiz, kecha, 10-noyabr kuni Ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodovning sammit doirasida bergan brifingida «Yashil makon» umummilliy loyihasi endi Turkiy davlatlar tashkiloti darajasiga ham tashabbus sifatida olib chiqilayotgani ta’kidlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring