Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston davlat xizmatchilarini Singapurda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston davlat xizmatchilarini Singapurda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Singapur Milliy universiteti tizimidagi Li Kuan Yu Davlat siyosati maktabi, shuningdek, Singapur Davlat xizmati kolleji bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

Dastlabki kelishuvga ko‘ra, 2023-yil mobaynida 200 nafarga yaqin davlat xizmatchilari Singapurda davlat boshqaruvi, davlat siyosati, davlat xizmati, inson resurslarini boshqarish hamda xalqaro aloqalar va global muammolar yo‘nalishlarida malaka oshiradi va stajirovkadan o‘tadi.

Ma’lumot uchun: Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi dunyodagi eng yuqori nufuzga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi maktablaridan biri bo‘lib, Osiyo pragmatizmi va G‘arb ta’limining eng ilg‘or yo‘nalishlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan.

2004 yilda tashkil etilganidan buyon butun dunyo bo‘ylab 3 500 dan ortiq lider bitiruvchilarni tayyorlab bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring