Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston finalga chiqdi!

O‘zbekiston finalga chiqdi!

OFK jazosidan keyin U-23 Osiyo Kubogi yarim finalini muxlislarsiz o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Turnir favoritlaridan biri sanalgan Yaponiya bilan uchrashuvda jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinovning ikkinchi bo‘limda Messi uslubida kiritgan supergoli turnir bezagiga aylandi.

Bahs yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda yana bir iqtidorli hujumchimiz – Husayn Norchayev o‘yinga nuqta qo‘ydi.

O‘zbekiston U-23 — Yaponiya U-23 2:0

Gollar: 60 - Jasur Jaloliddinov, 88 - Husayn Norchayev

O‘zbekiston U-23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Doston Tursunov (6.Jaloliddin Sodiqov, 72), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Hojimat Erkinov (20.Ruslanbek Jiyanov, 72), 9.Ulug‘bek Hoshimov (22.Alisher Odilov, 76), 10.Jasur Jaloliddinov (14.Abbosbek Fayzullayev, 76), 15.Odilbek Abdumajidov, 17.Diyor Xolmatov, 19.Husayn Norchayev, 23.Abdurauf Bo‘riyev.

Yaponiya U-23: 12. Suzuki, 3.Seyya Baba, 6.Daiki Matsuoka (7.Rixito Yamamoto, 58),  8.Joel Fujita, 9.Shota Fujio, 10.Koki Saito (13.Kein Sato, 58), 11.Mao Xosoya, 16.Takeshi Uchino, 17.Xijiri Kato, 18.Yuito Suzuki, 22.Anri Chase.

Endi Temur Kopadze shogirdlari 19 iyul kuni turnir chempionligi uchun Saudiya Arabistoni jamoasi bilan bahs olib boradi. Saudiyaliklar yarim finalda Avstraliyani 2-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring