Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantiradi

O‘zbekiston havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantiradi

Dunyoda ro‘y berayotgan gibrid xarakterdagi qurolli to‘qnashuvlar tahlili Qurolli Kuchlarimizning jangovar qobiliyatini oshirishni taqozo etmoqda.

Bu haqda kecha, 13-yanvar kuni Mudofaani boshqarish milliy markazida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida qayd etib o‘tildi. 

Shu bois, O‘zbekiston milliy armiyani zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, jumladan, harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

– Eng katta boyligimiz bo‘lgan tinch hayotni asrash, xalqimiz farovonligini ta’minlash, kelajak rejalarimizni belgilashda ana shu holatlarning barchasini inobatga olishimiz zarur. Biz har qanday vaziyatda ham O‘zbekistonning davlat suvereniteti, uning sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashimiz shart. Bu – bizning tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz va majburiyatimizdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, yig‘ilishda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish masalalariga e’tibor qaratilib, ular uchun ipoteka asosida ko‘p qavatli uylar qurish, harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minotini tartibga solish, harbiy tibbiyot muassasalari sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring