Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi – OAV

O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi – OAV

WGC ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi chorakda dunyoda oltin qazib olish atigi 1 foizga o‘sib, 1215,2 tonnani tashkil etdi. Shu bilan birga, qimmatbaho metall iste’moli 28 foizga oshib, 1181,5 tonnani tashkil etdi. Talab o‘sishining asosiy sababi markaziy banklar tomonidan oltin sotib olishning keskin o‘sishi bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Hisobot davridagi ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan to‘rt barobar ko‘pdir.

Yil boshidan beri markaziy banklar 673 tonna sotib olgan. Bu esa 1967 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Raqamlarni oshkor qilgan eng yirik xaridorlar Turkiya (30 tonna), O‘zbekiston (26 tonna), Qatar (15 tonna) markaziy banklari bo‘ldi. 300 tonnadan ortiq sotilgan oltinlarning xaridorlari o‘zlarini oshkor etmagan.

Ta’kidlanishicha, dunyoda o‘sib borayotgan inflyasiya xususiy investorlar tomonidan ham qimmatbaho metallga qiziqish uyg‘otmoqda. WGC ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi chorakda 245 tonnaga yaqin oltin quyma va tanga shaklida xarid qilingan, bu 2021-yilning uchinchi choragiga nisbatan 36 foizga ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, 2022-yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, oltinning tannarxi 8 foizga pasayib, bir troya unsiyasi uchun 1659 dollarni tashkil qildi. Investing.ru ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni narxlar bir unsiya uchun 1644 dollarga yaqinlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring