Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston «Partnerships Awards»da muvaffaqiyat qozondi

O‘zbekiston «Partnerships Awards»da muvaffaqiyat qozondi

Skrinshot.

2022-yilgi «Partnerships Awards»da O‘zbekiston tarixida birinchi marta Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (DXShRA) davlat sektorining «Yil targ‘ibotchisi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

DXSh orqali O‘zbekiston takomillashtirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun juda zarur bo‘lgan moliyalashtirishni jalb qilish va xususiy sektor ekspertizasini o‘tkazish uchun muqobil mexanizmni maqsad qilib qo‘ygan. Bu sa’y-harakatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baholanmoqda, buni O‘zbekistonni 2022-yilgi hamkorlik mukofotlari sovrindori deb e’lon qilinishi misolida ham ko‘rish mumkin.

Mukofot haqida qisqacha ma’lumot:

«Partnershis Awards» sohadagi mukammalikni e’tirof etishning eng katta va eng nufuzli sovrini hisoblanadi. Bu yil, ushbu mukofot pandemiya keltirib chiqargan muayyan muammolarga javoban tashkilotlar va shaxslar tomonidan rejalashtirilgandanda ko‘proq natijalarga erishish uchun qilingan ulkan sa’y-harakatlarni aks ettiradi.

«Partnershis Awards» muhim ahamiyatga egaligi shundaki, ular eng kuchli tanqidchilar tomonidan baholanadi. Ekspertlardan iborat baxolash paneli davlat va xususiy sektorni namoyish etuvchi 30 dan ortiq soha mutaxassislaridan iborat. Baholash paneli a’zolari DXSh sohasidagi mutaxassisligi, tajribasi va haqqoniyligi asosida tanlanadi.

Ushbu mukofot «Haymarket Media» guruhining bir qismi bo‘lgan «Partnerships Bulletin» tomonidan tashkil etilgan. 

Ma’lumot uchun: «Partnership Bulletin» davlat va xususiy sektor rahbarlariga davlat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va saqlash uchun sheriklik aloqalarini o‘rnatadigan muhim ma’lumotlarini taqdim etadi. Tahririyat qamrovi, ma’lumotlar bazasi va bozorga oid yetakchi tadbirlar orqali transport, ijtimoiy va kommunal infratuzilma sohalarini shakllantiradigan loyihalar, sheriklar va siyosat haqida ma’lumot almashinish platformalari bilan ta’minlaydi.

Ushbu mukofotni 2018-yilda Bangladesh, 2017-yilda Avstraliya va 2016 va 2014-yillarda esa Filippin qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring