Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklovni bekor qildi

O‘zbekiston piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklovni bekor qildi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilinishicha, 2023 yil 15 martdan piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilning 20 yanvaridan 30 apreliga qadar tibbiy me’yorlar bo‘yicha aholining piyozga bo‘lgan iste’mol talabi o‘rtacha 346 ming tonnani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda piyoz narxining keskin o‘sishi, aholining ichki iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring