Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etadi — Peskov

O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etadi — Peskov

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga borishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan. 

Dmitriy Peskov ushbu paradda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya mamlakatlari rahbarlari ishtirok etishi tasdig‘i borligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti koronavirus pandemiyasi sabab G‘alaba paradini qoldirgan edi. Keyinchalik 24 iyun kuni o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring