Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prezidentligiga nomzod uchun imzo yig‘ilish boshlandi

O‘zbekiston prezidentligiga nomzod uchun imzo yig‘ilish boshlandi

Ekopartiyadan prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev uchun respublika bo‘ylab imzo yig‘ish ishlari boshlab yuborildi.

Qoida bo‘yicha, Saylovda ishtirok etishiga ruhsat berilgan siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlab, respublika bo‘yicha jami saylovchilarining kamida bir foizining imzosini to‘plashi kerak.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar ichida eng yoshi sanalib, partiya 2019-yil 22-yanvarda Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan. May-iyul oylarida O‘zbekiston Ekologik partiyasining viloyat va shahar partiya tashkilotlari tuzilgan.

2021-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, Partiya 14 ta hududiy va 206 ga yaqin tuman va shahar partiya tashkilotlaridan iborat. Boshlang‘ich partiya tashkilotlari ko‘plab mahallalarda, korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlaydi. Olti oy mobaynida 453 mingdan ziyod odam O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosiga aylandi, ulardan 46.8 foizi ayollar, 39.8 foizi yoshlardir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring