Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘li qurilishi muhokama qilindi

«O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘li qurilishi muhokama qilindi

Bugun transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasining chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjen Chiping boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘l loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Xitoy tomoni mazkur temir yo‘l liniyasi o‘tishi mumkin bo‘lgan hududlar bo‘yicha o‘z takliflarni bildirdi. Tomonlar temir yo‘l liniyasi nafaqat bir davlat uchun balki butun mintaqa rivoji va taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida multimodal tashuvlar hajmini ko‘paytirish, hamkorlikda avtomobil tashuvlarini faol rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring