«O‘zbekiston tarixi» telekanali tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Prezident tarixdan misollar, alloma bobolarimizdan iqtiboslar keltirdi. Mamlakatimiz kelajagiga yo‘naltirilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratdi. Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
«Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida «O‘zbekiston tarixi» kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda, uning dasturlarini puxta shakllantirish zarur», dedi davlatimiz rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter