Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining narxi qancha?

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining narxi qancha?

Transfermarkt portali futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini 24,65 mln yevroga baholadi.

Qiymat terma jamoa futbolchilarining umumiy transfer narxlari asosida hisoblangan.

O‘zbekiston terma jamoasi bu borada Osiyoda oltinchi, sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida beshinchi, Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi.

Eng qimmat futbolchimiz, «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodovning taxminiy bozor narxi 8 mln yevro. Eldor o‘tgan yilga nisbatan 6 mln yevroga arzonlagan.

Sobiq Ittifoq doirasida eng qimmat terma jamoa — Ukraina (176,5 million yevro). Ukrainaning eng qimmat futbolchisi Italiyaning «Atalanta» klubi yarimhimoyachisi Ruslan Malinovskiy 28 mln yevroga baholangan, ya’ni butun O‘zbekiston terma jamoasidan qimmat. Gruziya terma jamoasining «Napoli» (Italiya)dagi futbolchisi  Xvicha Kvaratsxeliya hammadan qimmat — 35 mln yevro.

Sobiq Ittifoq terma jamoalari futbolchilari qiymati (Transfermarkt, yevro) 

  1. Ukraina — 176,5 mln
  2. Rossiya — 138,8 mln
  3. Gruziya — 83,95 mln
  4. Armaniston — 27,65 mln
  5. O‘zbekiston — 24,65 mln
  6. Qozog‘iston — 17,6 mln
  7. Ozarboyjon — 17,15 mln
  8. Moldova — 14,75 mln
  9. Belarus —12,60 mln
  10. Estoniya — 10,6 mln
  11. Latviya — 9,6 mln
  12. Litva — 6,78 mln
  13. Qirg‘iziston — 5,98 mln
  14. Tojikiston — 5,28 mln
  15. Turkmaniston — 2,06 mln
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring