Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston TIV Rossiya elchisini taqdirladi

O‘zbekiston TIV Rossiya elchisini taqdirladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 25 noyabr kuni Rossiyaning mamlakatimizdagi elchisi Oleg Malginovni qabul qildi, deb xabar berdi «Dunyo» AA.

Uchrashuvda ikki davlat strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb jihatlari, xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilingan.

Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, savdo, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya sektori va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri V.Norov millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya elchisi O.Malginovga «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishonini topshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring