Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Turkmanistondan pul kompensatsiya talab qilgani inkor etildi

O‘zbekiston Turkmanistondan pul kompensatsiya talab qilgani inkor etildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Turkmaniston gaz konida nosozlik sababli yanvar oyining ma’lum kunlarida yetkazib berilmagan gaz uchun O‘zbekiston tomoni Turkmanistondan katta miqdorda kompensatsiya puli talab qilgan» mazmunida xabar e’lon qilindi.  

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligi va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

«Shuni alohida ta’kidlaymizki, Turkmaniston tomonidan O‘zbekistonga do‘stona va birodarlik bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gaz partiyasi bepul taqdim etildi.

O‘z navbatida, Turkmaniston tomonidan taqdim etilgan suyultirilgan gaz yaqin kunlarda ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatiladi», deyiladi vazirlik rasmiy munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston tomoni texnik sabablarga ko‘ra joriy yilning 12 yanvaridan gaz yetkazib berishni to‘xtatgandi. 21 yanvardan esa gaz eksporti qayta tiklagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring