Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi raqamli hukumat sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi raqamli hukumat sohasida hamkorlik qiladi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi, Raqamli hukumat Axborot direktori Seon Yong Jyong boshchiligida «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida raqamli hukumat sohasida hamkorlik» mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir davomida O‘zbekiston tomonidan Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish rejasi taqdimoti o‘tkazildi. O‘z navbatida Koreya tomoni Koreya-O‘zbekiston raqamli hukumati hamkorligidagi vazifalarga e’tibor qaratib, jami to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha taklif va strategiyalarini tanishtirib o‘tdilar.

Ushbu to‘rt yo‘nalishdagi asosiy mavzular — sun’iy intellekt strategiyasi, ta’lim va madaniyat kabi sohalarda sun’iy intellektdan foydalanish, mintaqaviy axborotlashtirishga qaratilgan «Axborotlashtirilgan qishloq» loyihasi va SBMT elektron hukumatini baholashdir.

Tadbir so‘nggida tomonlar muhokama qilingan mavzular yuzasidan kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring