Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalqaro «Tank biatloni» musobaqasida hamon 1-o‘rinda

O‘zbekiston xalqaro «Tank biatloni» musobaqasida hamon 1-o‘rinda

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Beshinchi xalqaro armiya o‘yinlarining diqqat markazida turgan «Tank biatloni» musobaqasi borgan sari qizg‘in tus olmoqda. Kecha, 6 avgust kuni ikkinchi ekipaj a’zolari o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi. 

Mazkur bosqichda ham T-72 B-3 tankini boshqarish, to‘siqlardan o‘tish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizig‘iga yetib kelish vazifasi yuklatildi. Bu gal yurtimiz sharafini katta leytenant Muhiddin Nuriddinov boshchiligidagi ekipaj a’zolari munosib himoya qilishdi.

Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar tarixda ilk bor «Tank biatloni» musobaqasida ishtirok etmoqda. 

Bugungi bahsda  vakillarimiz oldingi jamoamizga nisbatan ancha yaxshi natija ko‘rsatdi. Sarflangan vaqt va yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish, to‘siqlarni zapt etish borasidagi natijalarimiz tahsinga loyiq. Umumiy hisobda ekipaj mexanik haydovchisikichik serjant Avazbek Mustafoqulov T-72 B-3 tankini 73 km/soat tezlik bilan har bir to‘siqdan betalofat olib o‘tib, tomoshabinlar e’tiboriga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Tank biatloni» musobaqasining ikkinchi guruhida jami 11 ta jamoa ishtirok etmoqda. Vakillarimiz ishtirokidagi keyingi bahslar 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring