Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv boshlandi

O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv boshlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda joylarda chaqiruv yoshidagi fuqarolarni armiya saflariga kuzatish marosimlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasida yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda davlat va jamoatchilik tashkiloti vakillari, Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi ofitserlari, faxriylar, yoshlar va armiya safiga yo‘l olgan yigitlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Kuzatuv marosimida so‘zga chiqqan jamoatchilik vakillari, ota-onalar yigitlik burchini o‘tashga otlanganlarga harbiy xizmatda ulkan muvaffaqiyatlar yo‘ldosh bo‘lishini tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring