Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va spirtning aksiz solig‘i stavkasi yil oxirigacha o‘zgarmaydi

O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va spirtning aksiz solig‘i stavkasi yil oxirigacha o‘zgarmaydi

Foto: Xabar.uz

Yil oxiriga qadar benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga sotishda belgilangan aksiz solig‘i stavkasi o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Shuningdek, spirt, alkogol mahsulotlari, jumladan, vino va pivo uchun ham aksiz solig‘i stavkasi o‘zgarmaydi.

«O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, 1-apreldan aksiz solig‘i oshishi belgilab qo‘yilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring