Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda biznes qilmoqchi bo‘lgan xalqaro qidiruvdagilar qo‘lga tushdi

O‘zbekistonda biznes qilmoqchi bo‘lgan xalqaro qidiruvdagilar qo‘lga tushdi

Aka-uka bizsnesmenlar Atul va Rajesh Gupta BAAda ushlangan. Ular 2019 yilda O‘zbekistonga kelib, bir qator loyihalar, jumladan, universitet ochishni reja qilishgan.

Guptalar Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) so‘roviga asosan qo‘lga olingan. Ularga pul o‘zlashtirish, firibgarlik va JAR sobiq prezidenti bilan mansabni suiiste’mol qilish ayblari qo‘yilgan.

Ayni paytda JAR adliya vazirligi ularning ushlanganini tasdiqlagan. Hozir Guptalarni BAAdan ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilyapti.

Hindistonlik Guptalar oilasi 1993 yilda Hindistondan JARga ko‘chib o‘tgan. Shundan keyin ular ko‘mir va olmos konlari, temir yo‘llar, injiniring kompaniyalari va boshqalarni o‘z ichiga olgan biznes imperiyasini tuzishgan.

2019 yilda AQSh ularni «qora ro‘yxat»ga kiritgan. Ularning aktivlari muzlatilgan, pullarni davlatga qaytarish ishlari hamon davom etmoqda.

Hind matbuotiga ko‘ra, aka-uka Guptalar O‘zbekistonda ham biznes qilishmoqchi bo‘lishgan, xususan, universitet ochishni rejalashtirishgan. Ammo bu rejalari amalga oshmay, ular mamlakatni tark etishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring