Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda COVID-19 oqibatlarini yumshatishga qaratilgan tanlov o‘tkaziladi

O‘zbekistonda COVID-19 oqibatlarini yumshatishga qaratilgan tanlov o‘tkaziladi

«COVID-19 Challenge 2020» – bu COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun onlayn tanlov bo‘lib, unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan yosh innovatorlar COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun bilim, texnologiya, tibbiyot va tadbirkorlikni birlashtirib, hamkorlikda innovatsiyalarni yaratishlari mumkin.

Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston hukumati infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurashish uchun bir qator cheklov choralari qabul qilingani tufayli, ko‘plab odamlar vaqtincha ishsiz qolishdi. Hozirda fuqarolarning alohida toifalari, shuningdek muayyan hamjamiyatlar va korxonalar yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.

Shu ma’noda mazkur tanlovni o‘tkazish – bu innovatorlar joriy inqirozni yengishga yordam beradigan yangi vositalar o‘ylab topadigan, tajriba o‘tkazadigan hamda texnologiyalar va raqamli yechimlarni yaratadigan onlayn platforma yaratishga harakatdir.

Tarmoqli va o‘zari jips yondashuv bilan muhim muammolarga texnologik yechimlarni safarbar qilish, ularni aniqlash va joriy etish orqali COVID-19 inqirozining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini barchaga, ayniqsa aholining himoyaga muhtoj guruhlariga ta’sirini kamaytirish va yumshatish mazkur tanlovdan ko‘zlangan bosh maqsad hisoblanadi. Tanlov tez joriy etsa bo‘ladigan va milliy ko‘lamda jadal masshtablanadigan texnologik yechimlarni izlashga qaratilgan.

Tanlov tashkilotchilari: O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, IT-Park, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Yoshlar Akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, «Raqamli ishonch» jamg‘armasi, Jahon banki va EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori.

Shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, tanlov tashkilotchilari bir nechta loyiha jamoalari o‘rtasida faoliyat va qayta aloqa yo‘nalishida yordam ko‘rsatadigan ekspertlar vazifasini bajaradigan mentorlar bilan yelkama-yelka ishlaydilar. Ularning maqsadi bir vaqtning o‘zida muhim va amalga tatbiq etishga layoqatli yechimlarni yaratishdan iboratdir. Har bir yo‘nalishga 4-5 nafar mentor jalb etiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

  1. Sog‘liqni saqlash
  2. Yordamga muhtoj aholiga ko‘maklashish
  3. Kichik biznes va o‘zini o‘zi band qilganlarni qo‘llab-quvvatlash 
  4. Jamoatchilikni qo‘llab-quvvatlash
  5. Ta’lim
  6. Xabardorlikni va xulq-atvorni yaxshilash
  7. Boshqalar

Tanlovda yuqoridagi mavzularda qamrab olinmagan yechim va g‘oyalarni ham taklif qilish mumkin.

G‘oyalarni olg‘a suring va nostandart fikrlashdan cho‘chimang!

Tanlovda istalgan kishi qatnashishi mumkin. Qiziquvchilar va kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tish va taklif etilayotgan texnologik yechim g‘oyasini onlayn shaklni to‘ldirish orqali taqdim etishlari so‘raladi. Arizalar qabul qilingandan keyin loyihalar ko‘rib chiqiladi. Muvaffaqiyatli g‘oya va loyihalarning muallif va jamoalari onlayn suhbatga taklif etiladilar. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan novatorlar mentorlikdan (onlayn moderatsiya va aqliy hujum) o‘tadilar hamda yakuniy saralash va shartnoma tuzilishidan avval loyihani oldindan himoya qiladilar.

Kamida beshta tanlangan loyiha sinovdan o‘tkazish va taklif qilingan texnologik yechimlarni amalga tatbiq etish uchun hamkorlar tomonidan taqdim etilgan 10 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlanadi.

Tashkilotchilar eng samarali yechimlar kelgusida moliyalashtirilishi va joriy inqiroz paytida imkon qadar maksimal ehtimoliy samaraga erishish yo‘lida qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bilan birga ish olib boradilar.

Tanlovda qatnashish talablari, tanlov qoidalari va qo‘shimcha ma’lumot quyidagi havolada taqdim etilgan: http://covid-19challenge.it-park.uz/

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring