Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havo harorati -9 darajagacha tushib ketishi mumkin

O‘zbekistonda havo harorati -9 darajagacha tushib ketishi mumkin

Foto: Xabar.uz

14-noyabr O‘zbekistonning shimoli va ayrim viloyatlarida, 16-noyabr esa respublikaning ko‘plab viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi prognozi taqdim etilmoqda.

Qozog‘iston shimolidan o‘tishi kutilayotgan siklon 13-15 noyabr kunlari respublikaga ko‘p yog‘in bermaydi.

Shimoliy hududlarda davomli kuchli shamollar bo‘lishi mumkin.

16-noyabr esa ko‘plab viloyatlar va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda. Albatta yog‘inlar (suyuq) yomg‘ir ko‘rinishida yog‘ish ehtimoli yuqori.

17 noyabr kuni shimolda havo harorati sezilarli pasayadi. Prognozlarga ko‘ra, shimol Ustyurtda tunlari harorat -9 daraja sovuqqa pasayadi. Ammo boshqa viloyatlarda sovuqlik u darajada kuchli bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring