Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda noxush antirekord qayd etildi

O‘zbekistonda noxush antirekord qayd etildi

Foto: Sputnik.

2022-yil 18 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 208271 (+1214) nafarni tashkil etmoqda.

Bu pandemiya boshlangandan beri navbatdagi antirekorddir. Avvalgi holat 16 yanvar kuniga tegishli edi. O‘sha kuni 1037 nafar kishi virusga chalingan. 

Yangi kasallanish holatlarining:

31 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
28 nafari Andijon viloyatida,
40 nafari Buxoro viloyatida,
39 nafari Jizzax viloyatida,
22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
10 nafari Navoiy viloyatida,
30 nafari Namangan viloyatida,
45 nafari Samarqand viloyatida,
26 nafari Sirdaryo viloyatida,
25 nafari Surxondaryo viloyatida,
161 nafari Farg‘ona viloyatida,
34 nafari Xorazm viloyatida,
181 nafari Toshkent viloyatida,
542 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1525 nafarni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring