Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda palma moyidan foydalanish tartibga solinadi – loyiha

O‘zbekistonda palma moyidan foydalanish tartibga solinadi – loyiha

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati respublikaga olib kiriladigan, realizatsiya qilinadigan palma moyi ustidan belgilangan tartibda samarali nazoratni yo‘lga qo‘yishi belgilanmoqda.

Shuningdek:

  • har chorakda kamida bir marta palma moyi ko‘shilishi xavfi yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining nazorat xaridlarini amalga oshirsin hamda ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlar talablariga muvofiqligin o‘rganib boriladi;
  • nazorat xaridida sotib olingan mahsulotlarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Milliy referens laboratoriyasida akkreditatsiya doirasida bepul sinovdan o‘tkaziladi;
  • nazorat xaridi natijasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi talablarga nomuvofiq deb topilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqargan, import qilgan hamda realizatsiya qilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq platformalarda hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib boriladi.

Ma’lumot uchun, JSST tomonidan palma moyi importi bo‘yicha yetakchilik qilayotgan 23 mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mazkur hududlarda yurak-ishemik kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim holatlari ko‘rsatkichi yuqoriligi, shuningdek, palma moyini iste’mol qilish qon tarkibida aterosklerogen xolesterinning oshishiga olib kelishi aniqlangan. Palma moyi va trans-izomer yog‘ kislotalarning inson organizmiga salbiy ta’sirini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida trans-izomerlar yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga, oshqozon-ichak traktining shikastlanishiga, II turdagi diabetning paydo bo‘lishiga, bolalarda suyak to‘qimasining rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.

Shu bois oziq-ovqat sanoatida palma moyidan foydalanishni tartibga solish va aholini sifatsiz o‘simlik yog‘larini iste’mol qilishdan himoya qilish zarurati mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring