Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan qancha korxona bor?

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan qancha korxona bor?

Ayni vaqtda yurtimizda 10 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi ma’lum qilib o‘tdi.

O‘tgan yillarda 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 180dan oshib ketdi.

Bugungi kunda mazkur korxonalarda ishlab chiqarilgan keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, gulqog‘oz, linoleum, quruq qurilish aralashmalari, pishgan g‘isht, pardozbop toshlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglar singari qurilish materiallariga Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston bozorlarida talab ortib bormoqda. Endilikda ular qatoriga Ozarbayjon, Tojikiston va Afg‘oniston ham qo‘shildi.

Shu vaqtga qadar aksariyat qurilish mahsulotlari chetdan olib kelinar edi. Bugun qurilish ishlarida o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ham xorijnikidan qolishmaydi. Misol uchun Jizzax viloyati Forish tumanida bazalt toshini qayta ishlash orqali bazalt tolasi va armatura kompozitsiyalarini keltirishimiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring