Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda saylov kompaniyasiga rasman start berildi

O‘zbekistonda saylov kompaniyasiga rasman start berildi

Foto:«Xalq so‘zi»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi 2019-yil 20-sentyabrdan boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan majlisi saylov kampaniyasi bilan bog‘liq tashkiliy ishlarga bag‘ishlandi. Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov majlisni ochib bergan.

Markaziy saylov komissiyasi 2019-yil 22-dekabrni - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni, deb belgiladi.

Saylov kampaniyasi 20-sentyabrdan boshlanishi e’lon qilindi.

Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring