Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana ayiq otib o‘ldirildi. Bu safar Namanganda

O‘zbekistonda yana ayiq otib o‘ldirildi. Bu safar Namanganda

Foto: Google.com

O‘zbekistonda yana ayiq o‘ldirildi. Bu haqda ekologiyani himoya qilishga ixtisoslashgan kanalda xabar berib o‘tildi.

«Yana bir vahshiylik. «Qizil kitob»ga kiritilgan jonivor, aniqrog‘i qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirilgan. Bu voqea Namangan viloyati Chust tumanining G‘ova qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, «aholi ichiga bostirib kirgach, odamlar uni xonadonga qamab, ovchilarni chaqirishgan. Ovchilar esa uni otib o‘ldirishgan. Ayiqning og‘irligi 250-300 kg. atrofida bo‘lgan».

Birinchidan yovvoyi hayvon hech qachon odamlar gavjum joyga bostirib kirmaydi, ikkinchidan, ayiqni o‘ldirmay, qamashgach, ekologiya qo‘mitasi, ichki ishlar vakillarini chaqirish kerak edi. Agarda u haqiqatan ham odamlar hayotiga xavf tug‘dirsagina, o‘shanda ham «Qizil kitob»ga kiritilgan jonivorlarni Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoangina o‘ldirish mumkin.

Ishonchimiz komilki, Qashqadaryodagi holatdagidek bu bechora ayiq ham «quturgan» deb topiladi va uni o‘ldirganlar yana jazosiz qoladi. Balki ayiqning terisi qaysidir boyvachchani xonadonini bezash uchun kerak bo‘lgandir?

Hali qahraton qish boshlanib, ayiq ozuqa topolmay, odamlar yashaydigan joyga tushadigan holat emas. Ayiqni uxlatib, toqqa qo‘yib yuborilsa bo‘lardi. Bu safar ayiqni o‘ldirganlar jazolanishi kerak», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring