Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etmoqda. Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tyapti.

Unda prezident Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Eksport-kredit agentligi tashkil etilishini ma’lum qildi.

«Barqaror iqtisodiy o‘sishning eng muhim garovi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko‘paytirish, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish hisoblanadi. Bu yil eksportyorlarga kafillik beradigan va xarajatlarning bir qismini qoplaydigan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda eksportni oldindan moliyalashtirish uchun Eksport kredit agentligi tashkil etiladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Murojaatnoma davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring