Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Foto: SSV matbuot xizmati

2023-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1 312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Chaqaloqlarning:

  • 687 nafari o‘g‘il;
  • 625 nafari qiz.

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (172 nafar) qayd etildi.

Hududlar kesimida keyingi o‘rinlarda:

  • Qashqadaryo viloyati (169 nafar);
  • Namangan viloyati (137 nafar);
  • Surxondaryo viloyati (133 nafar);

Samarqand viloyati (121 nafar).

Eng kam tug‘ilish Sirdaryo viloyati (35 nafar)ga to‘g‘ri keldi.

1-yanvar kungi tug‘ilishlar orasida yettitasi — egizaklar.

SSV shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatayotganini, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug‘uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholi xizmatida ekanini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring