Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi 4 ta aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistondagi 4 ta aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Bugun O‘zbekistondagi 4 ta aeroport noqulay ob-havo sharoiti sababli o‘z faoliyati vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:00 dan boshlab to‘rtta aeroportda noqulay ob-havo sharoiti tufayli samolyotlarni qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha cheklovlar joriy etilgan:

- «Andijon» aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 50 m

- «Namangan» aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 50 m

- «Farg‘ona» aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 400 m

- «Urganch» aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 600 m

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring