Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi jami qurilishlarning 24,6 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekistondagi jami qurilishlarning 24,6 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi jami qurilishlar hajmi va hududlar ulushi miqdorini e’lon qildi. 2021-yilning 1-choragida respublika bo‘yicha 19,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,5 foizga teng.

Jami qurilish ishlari hajmida hududlarning ulushi:

Toshkent shahri – 24,6 foiz
Toshkent viloyati – 9,6 foiz
Qashqadaryo viloyati – 6,7 foiz
Buxoro viloyati – 6,6 foiz
Samarqand viloyati - 6,6 foiz
Farg‘ona viloyati – 6,6 foiz
Surxondaryo viloyati – 5,5 foiz
Namangan viloyati – 5,1 foiz
Andijon viloyati – 4,8 foiz
Navoiy viloyati – 4,7 foiz
Qoraqalpog‘iston R. – 4,4 foiz
Xorazm viloyati – 3,3 foiz
Jizzax viloyati – 2,9 foiz
Sirdaryo viloyati – 2,9 foiz

Qurilish ishlari hajmi tarkibida:
- kichik korxona va mikrofirmalar – 11,7 trln. so‘m
- yirik tashkilotlar – 4,1 trln. so‘m
- norasmiy sektor – 3,8 trln. so‘m

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring