Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kartoshka qaysi davlatlardan kirib kelayotgani aytildi

O‘zbekistonga kartoshka qaysi davlatlardan kirib kelayotgani aytildi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 14 ta davlatdan qiymati 55,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 319 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,6 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:

— Pokiston – 257,4 ming tonna

— Qozog‘iston – 23,4 ming tonna

— Rossiya – 14,5 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 8,9 ming tonna

— Eron – 5,6 ming tonna

— Afg‘oniston – 4 ming tonna

— Niderlandiya – 3,9 ming tonna

— Belarus – 631,6 tonna

— Polsha – 559 tonna

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring