Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari hajmi keskin oshdi – MB

O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari hajmi keskin oshdi – MB

Joriy yil boshidan buyon xorijdan O‘zbekistonga jami 6,5 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan. Bu haqda Markaziy bankning 2022-yil 2-chorak uchun e’lon qilingan «Pul-kredit sharoitlari sharhi»da ma’lum qilindi.

Jumladan, pul o‘tkazmalari hajmi 2022-yilning 2-choragida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga o‘sib, 5,1 mlrd dollarni tashkil etgan.

«Bu ma’lum jihatdan aholining iste’mol va investitsion faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda», – deyiladi MB sharhida.

Hisobot davrida transchegaraviy pul o‘tkazmalarning keskin o‘sishi rubl almashuv kursining dollarga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlanishi, Rossiyadagi valyuta cheklovlari natijasida mehnat muxojirlarining pul o‘tkazmalarini norasmiy kanallar orqali emas, rasmiy kanallar orqali yuborishga o‘tganligi, Rossiyaga naqd pulda eksport qiluvchi kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining ham mablag‘larini pul o‘tkazmalari kanallar orqali yuborilishi kabi omillar bilan izohlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘tgan yilning mos davrida O‘zbekistonga xorijdan kirib kelgan pul o‘tkazmalari hajmi 3,3 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring