Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 2,2 barobarga ortgan – MB

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 2,2 barobarga ortgan – MB

Markaziy bank bugun, 27-oktyabr kuni qabul qilingan asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan ma’lumotnomasini e’lon qildi.

Unda, O‘zbekistonga valyuta oqimlari haqida ham so‘z yuritilib, tashqi vaziyat va savdo hamkorlardagi o‘zgarishlarga tashqi iqtisodiy munosabatlarning moslashib borishi hisobiga bu borada ijobiy tendensiyalar kuzatilgani qayd etiladi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan 9 oyida oltinsiz eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,6 foizga ortib – 11,1 mlrd. dollarni, mamlakatimizga pul o‘tkazmalari hajmi 2,2 barobarga ortib – 12,6 mlrd dollarni, aholining banklardan valyuta xaridi va sotuvi o‘rtasidagi ijobiy tafovut – 2,5 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning bugungi yig‘ilish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qayd etishicha,  o‘tkazmalar hajmining keskin ortgani faqat mehnat migrantlarining pul jo‘natmalariga bog‘liq emas.

Nurmuratovga ko‘ra, o‘tkazmalarning 60 foizi 10 ming AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi o‘tkazmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘tkazmalarning tovar va tijoriy xarakterga ega ekanini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring