Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik razvedkachilar «Oltin ukki – 2019» xalqaro musobaqasida sovrindor bo‘ldi

O‘zbekistonlik razvedkachilar «Oltin ukki – 2019» xalqaro musobaqasida sovrindor bo‘ldi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

28-avgust kuni Qozog‘istonning «Spassk» o‘quv poligonida razvedkachilar o‘rtasida boshlangan «Oltin ukki – 2019» xalqaro musobaqasi kecha, 2-sentyabr kuni yakuniga yetdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ham ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin mezbon davlatga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka rossiyalik razvedkachilar yakun yasadi.

Shuningdek, musobaqada Belarus, Rossiya, Hindistondan kelgan jamoalar hamda Qozog‘iston Mudofaa vazirligining o‘zidan 5 ta jamoa ishtirok etdi.

Razvedkachilar musobaqa davomida 12 turdagi turli murakkab o‘quv-jangovar mashqlarni bajardi. Har bir guruh – 100 kilometrdan ortiq bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.

Bundan tashqari maxsus bo‘linmalar maxfiy joylarni jihozlash, murakkab hududlarda razvedka va qidiruv ishlarini olib borish, dushmanlarning kutilmagan hujumlarini qaytarishdi, suvli to‘siqlarni bosib o‘tish va harbiy topografiya, o‘t ochish va muhandislik mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.

Tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga Qozog‘iston harbiy razvedkasining ramzi bo‘lgan – kumush ukki sovg‘a qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring