Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi jiddiy ogohlantirish e’lon qildi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi jiddiy ogohlantirish e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.

Bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi «Yollanish»ga ko‘ra xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanadi. Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Elchixona O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi.

Elchixona shuningdek, yurtdoshlarimizni da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha  Permdagi o‘zbek diasporasi rahbari vatandoshlarni Ukrainadagi qurolli mojaroga jalb qilayotgani videosi tarqalgandi. Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyada ishlayotgan fuqarolarimizni ogohlantirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring