Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning yangi Harbiy prokurori tayinlandi

O‘zbekistonning yangi Harbiy prokurori tayinlandi

Prezidentning tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Xolboyev Otabek Akbarovich Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.

O.Xolbayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

O.Xolbayev ushbu lavozimda 2022-yilning noyabridan buyon Harbiy prokuraturani boshqarib kelgan Botir Qudratxo‘jayevni almashtirgan. 

Botir Qudratxo‘jayev esa joriy yilning fevralida favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring