Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: 2023-2026 yillarda ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish uchun 35 ta ilmiy-innovatsion ehtiyojlar aniqlandi

«O‘zbekneftgaz»: 2023-2026 yillarda ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish uchun 35 ta ilmiy-innovatsion ehtiyojlar aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarining yillik innovatsion faoliyati natijalari reytingini e’lon qilindi. Unga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» AJ turli sohalarga ixtisoslashgan ishlab chiqarish korxonalari ichida 7 o‘rinni egalagan. Ta’kidlash joizki, 2021 yilgi reytingda aksiyadorlik jamiyati 30 o‘rinda edi.

Ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 2022 yilda samarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Respublika ilmiy tekshirish va oliy ta’lim muassasalari ilmiy tadqiqotchilari bilan jami 18 ta tadbirlar - davra suhbatlari, forumlar hamda anjumanlar tashkil etildi.

Shu jumladan, 2 ta xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Anjumanlar tashkiliy qo‘mitalariga 200 ortiq ilmiy - innovatsion mavzulardagi loyihalar bo‘yicha tezis va maqolari kelib tushdi.

Jamiyat ishlab chiqarish korxonalarida 2023-2026 yillarda ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq qilish nuqtai nazarida 35 ta ilmiy-innovatsion ehtiyojlar aniqlandi. 2022 yilning 21-23 noyabr kunlari o‘tkazilgan «Neft va gaz sohasidagi innovatsiyalar» haftaligi doirasida ilmiy-innovatsion ehtiyojlar, jamiyat ishlab chiqarish korxonalari innovatsiya bo‘yicha menejerlar tomonidan olimlar e’tiboriga havola qilindi.

Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ Ilmiy texnik kengashi va Tarmoqlararo ilmiy texnik kengashi yig‘ilishlarida jami 17 ta ilmiy-innovatsion hamda investitsion loyihalar ko‘rib chiqilib tegishli tavsiyalari berildi.

O‘tgan yil davomida 11 ta ilmiy-innovatsion loyihalarga shartnomalar imzolanganligi hamda 7 ta loyihalar bo‘yicha amalda bajarilgan ishlarning ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq qilinganligi jamiyatning Innovatsiya rivojlanish vazirligi retingida yuqori o‘ringa ko‘tarilishida muhim rol o‘ynadi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda jamiyat mutaxassislari tomonidan «2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi» doirasida 2023 yilda 68 ta ilmiy-innovatsion loyihalar bo‘yicha shartnomalar imzolash choralari ko‘rilmoqda. Har bir loyiha bajaruvchi tashkilotlarning tegishli mutaxassislari bilan shartnomalarni bajarish, olinadigan ilmiy natijalarni ishlab chiqarishda qo‘llash orqali qo‘shimcha qiymatli jahon standartlari talablariga javob beradigan halq iste’moli mollari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

2023 yil yakunlari bo‘yicha «O‘zbekneftgaz» AJning Respublika innovatsion faoliyati reytingida yanada yuqori o‘rinlarni egallashni ko‘zlamoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring