Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqarma va korxonalar 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqarma va korxonalar 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi

Bugungi kunda jamiyatning barcha boshqarma va korxonalarni 2022/2023 yillar kuz-qish mavsumda barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, texnologik asbob-uskunalari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi ob’yektlarini ta’mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, barcha boshqarma va korxonalar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.

Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, texnologik asbob-uskunalari kuz-kish mavsumida barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida, quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • 223 ta texnologik qurilmalari ta’mirlandi.
  • 35 ta qozonxonalari ta’mirlandi.
  • 137 ta qozonlari ta’mirlandi.
  • 86 ta ishlab chiqarish binolarii ta’mirlandi.
  • 604 ta sig‘imlari ta’mirlandi.
  • 46 ta gaz taqsimlash punktlari (GTP) ta’mirlandi.
  • 115,2 km. gaz tarmoqlari, 6,4 km. issiqlik tarmoqlari, 9,9 km. suv tarmoqlari, 197ta transformator podstansiyalarining, 182,5 km. elektr tarmoqlarining, 3,5 km. kabel estakadalar ta’mirlandi.
  • 653 ta sig‘imlar tozalandi.
  • 4,0 km. issiqlik tarmoqlarining izolyasiya qilindi.
  • 58 ta dizel elektr stansiyalar, 86 ta uzluksiz elektr ta’minoti manbalari (UPS), 139 ta zahirani avtomatik ulash qurilmalarining (AVR) ishchi holati tekshirildi.

Shu bilan birga gaz qazib chiqarish va qayta ishlash ob’yektlaridagai asosiy muhandislik kommunikatsiyalarida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

  • Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi konlaridagi gazni kompleks tayyorlash qurilmalarida jami 13 ta texnologik tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlari va siquv kompressor stansiyalarida jami 27 ta gaz haydash agregatlarida reglament ishlari amalga oshirildi.
  • Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo‘yicha – 4 ta tabiiy gazni seolit yordamida oltingugurtdan tozalash qurilmasida, 2 ta Amin yordamida gazni tozalash qurilmasida, 2 ta Propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida, 12 ta Past haroratda gazni quritish va tozalash qurilmasidagi texnologik tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlari va siquv kompressor stansiyalaridagi jami 13 ta gaz haydash agregatlarida reglament ishlari amalga oshirildi.

  • Muborak gazni qayta ishlash zavodi bo‘yicha – 15 ta Gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalarida, 7 ta Past haroratli separatsiyalash qurilmalarida, 4 ta Propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasidagi texnologik tarmoqlarida hamda 6 ta siquv kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlarida rejali ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
  • Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo‘yicha – «Qulbeshkak», «Savatli», «Qumli», «Yangikazgan», «Tumaris» va «O‘rtaqum» konlaridagi gazni birlamchi tayyorlash qurilmalarida 7 ta texnologik tarmoqlarida, 4 ta Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalarida, 2ta Uchqir va G‘arbiy siquv kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlarida hamda 2 ta Propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
  • Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo‘yicha – «Arslon» va «Sharqiy Berdaq» Gazni kompleks tayyorlash qurilmasida 4 ta past haroratli separatsiyalash tarmog‘ida siquv kompressor stansiyasidagi 3 ta gaz haydash agregatlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari joriy yilning aprel va oktyabr oylarda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining texnologik qurilmalarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.

Shuningdek kuz-qish mavsumida Respublika istemolchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlash va belgilangan reja ko‘rsatkichlarini bajarish uchun joriy yil boshidan 20 oktyabr holatiga 60 ta quduq burg‘ilashdan ishga tushirildi. 522ta quduqda mukammal ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini amalga oshirish hamda 18ta texnologik ob’yektlarda qurilish, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini bajarildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring