Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz»: Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli neft mahsulotlarini yuklaydigan va yetkazib berishni ta’minlaydigan estakada ish boshladi

«O‘zbekneftgaz»: Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli neft mahsulotlarini yuklaydigan va yetkazib berishni ta’minlaydigan estakada ish boshladi

2022-yil 18-noyabr kuni Buxoro viloyati Qoravulbozor tumanida nafaqat Buxoro viloyati, balki mamlakatimizning boshqa hududlari uchun ham neft mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlaydigan neftni yuklash estakadasi (NYuE) ishga boshladi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev, Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, zavod va korxona rahbarlari, neft-gaz sanoati ixtisoslashgan bo‘limlari va boshqa pudratchi tashkilotlar rahbarlari ochilish tadbirida ishtirok etishdi.

Ushbu loyihaning ishga tushirilishi zavodga uning tayyor mahsulotlarini nafaqat Buxoro viloyatida, balki mamlakatimizning boshqa hududlarida ham sotish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Bundan tashqari eng asosiysi yangi ish o‘rinlari yaratildi, istemolchilarga neft mahsulotlarini nafaqat vagon sisternalarda, balki birja savdolari orqali kichik lotlarda maxsus avtotsisternalarda iste’molchilarga yetkazib berish, avtobenzin,  dizel yoqilg‘isi, yuqori sifatli brend neft mahsulotlarini saqlash sig‘imlari paydo bo‘ldi. Shuningdek, mas’ul saqlash hamda temir yo‘l xarajatlari kamayishi hisobiga mashulot tannarxi arzonlashishiga erishiladi, kamomad va mahsulot sifati buzilishi hamda talon-torojliklar oldini olinadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ ko‘magida yirik texnik resurslarni jalb qilgan holda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borildi. Ushbu ob’yektni rekonstruksiya qilish ikki yil avval Buxoro neftni qayta ishlash zavodining neft mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarish doirasida boshlangan edi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishida «O‘zlitineftgaz» AJ Bosh loyihalovchi, «Muborakneftgazmontaj» AJ Bosh pudratchi va «Neftegazmontaj» MChJ ishtirok etishdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ korxonalari va Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bo‘linmalari ham jalb qilindi. Aynan ularning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishlari tufayli ob’yekt qurilishi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Neftni yuklash estakadasi eng qisqa vaqt ichida rekonstruksiya qilindi. Ushbu inshoot qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun juda ko‘p mashaqqatli ishlar qilindi. Bugungi kunda neftni yuklash estakadasi temir yo‘lga kirish yo‘llari, quyish-to‘kish estakadasi, elektron temir yo‘l tarozilari, nasos stansiyasi va o‘t o‘chirish stansiyasi, zamonaviy jihozlangan qozonxona va boshqa yordamchi inshootlarni o‘z ichiga olgan inshootlar majmuasidir.

«Bunday loyihalarni amalga oshirish neft va gaz sanoatini rivojlantirish uchun yuqori iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Ishonchim komilki, har biringizning faol mehnatingiz davlat sanoatining barqaror rivojlanishi uchun yangi yutuqlar bilan ko‘payaveradi», - deya ta’kidladi "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi.

Ushbu majmua umumiy maydoni 15,75 gektar bo‘lgan neftni yuklash estakadasi xom ashyoni qabul qilish, saqlash va tayyor mahsulotlarni jo‘natish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda sisternalar va avtotsisternalarni quyish yoki to‘kish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilishi ham mumkin.

Neft mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlaydigan neftni yuklash estakadasini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirishda fidoyilik ko‘rsatgan 100 dan ortiq ishchi va xodimlar tantanali ochilish marosimida esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Eslatib o‘tamiz, majmuani qabul qilish va rekonstruksiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 4 iyulidagi 18-06-06/1-1024-sonli bayonnomasiga muvofiq amalga oshirildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring