Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz»: Muynoqda yana ikkita quduqdan tabiiy gaz oqimi olindi

«O‘zbekneftgaz»: Muynoqda yana  ikkita quduqdan tabiiy gaz oqimi olindi

Muynoqda burg‘ulash tugatilgan ikkita quduqdan tabiiy gaz oqimi olina boshlandi. «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining Shimoliy Berdak konidagi 83 va 84-sonli quduqlarda burg‘ulash ishlari tugatildi.

Quduqlarni o‘zlashtirish natijasida har bir quduqdan kunlik 50 ming metr kub miqdorida tabiiy gaz oqimi olindi.

Hozirda ushbu quduqlarni «Sharqiy Berdak» gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga berish maqsadida gaz kollektoriga ulash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring