Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zganing bank kartasidan pul o‘g‘irlab qimorga tikib yuborgan shaxs ushlandi

O‘zganing bank kartasidan pul o‘g‘irlab qimorga tikib yuborgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqaro N.N. ariza bilan murojaat qilib, arizasida o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidagi jami 1 mln 262 ming so‘m pullar noma’lum shaxslar tomonidan yechib olinganligini bildirgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlarida bank kartasidagi pullarni o‘g‘irlagan shaxs Termiz tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan D.J. ekanligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari davomida, D.J.  ushbu jinoyatni  N.N.ning bank kartasini «ZOOD-PAY» ilovasiga ulagan holda pullarini boshqarish huquqini qo‘lga kiritib, mablag‘larini «1xbet» onlayn tavakkalchilikka asoslangan o‘yiniga tikib yutqazib qo‘yganligi aniqlandi.

Ushbu fuqaroga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring