Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zganing do‘konini o‘zgaga sotib yubordi, lekin...

O‘zganing do‘konini o‘zgaga sotib yubordi, lekin...

Foto: «News.myseldon.com»

Toshkent viloyati Bekobod tuman IIB boshlig‘i nomiga 42 yoshli K.Aysara ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra 2019-yilning dekabr oylarida tanishi 43 yoshli M.Farhod uning yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanishidan xabar topgan. Zafar shaharchasida do‘koni borligini, ushbu do‘konini unga sotishini aytib oldindan 3 150 AQSh dollar va 2 000 000 so‘m pullarni olib ketgan. Keyinchalik ushbu do‘kon umuman boshqa shaxsga tegishli ekanligini bilgan. Shu kunga qadar M.Farhod firibgarlik yo‘li bilan olgan pullarini bermasdan kelayotganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, M.Farhod vaqtinchalik hech qayerda ishlamasligi, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlanganligi aniqlangan, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Farhodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring