Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» bugungi ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

«O‘zgidromet» bugungi ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi.

Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 40-45°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 47° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorati 41-43° ga yetadi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring