Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet»: Turkmanistondan issiq havo kirib kelishi boshlanadi

«O‘zgidromet»: Turkmanistondan issiq havo kirib kelishi boshlanadi

Foto: «Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekiston bo‘yicha 12-14 avgustga ob-havo prognozini ma’lum qildi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha kechasi va ertalab nisbatan salqin, kunduz kunlari biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 18-22°, kunduz kunlari 32-37° atrofida bo‘ladi.

Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Respublika hududiga yakshanba kunidan Turkmaniston hududlaridan biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va keyingi haftaning boshida kunduzgi harorat 37-39° ga yetadi.

Ushbu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat bugun kechqurun Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring