Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zi ishlagan joydan 13 ta televizor o‘g‘irlagan Jahongir qo‘lga tushdi

O‘zi ishlagan joydan 13 ta televizor o‘g‘irlagan Jahongir qo‘lga tushdi

Foto: Google.com

Bir muddat avval huquqni muhofaza qiluvchi organlarga MChJlardan birining rahbari, 35 yoshli Zafar I. murojaat qildi. U joriy yilning aprel oyidan avgustga qadar tashkilotdan qiymati 29.000.000 so‘mga teng bo‘lgan 13 ta televizor o‘g‘irlagan 28 yoshli Jahongir S.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Tergov davomida Jahongir S. televizorlarni sotib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganini tan oldi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Hurmatli tadbirkorlar! Fursatdan foydalanib, tashkilotlaringizda mulkingizni qo‘riqlash bo‘yicha zarur xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring