Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zidan kattaga uylanish qaysi viloyatlarda ko‘p kuzatilayotgani aytildi

O‘zidan kattaga uylanish qaysi viloyatlarda ko‘p kuzatilayotgani aytildi

Davlat statistika qo‘mitasi qiziq statistik faktni keltirmoqda. Ya’ni, qo‘mita kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan nikohlar eng ko‘p qaysi viloyatlarda kuzatilishini ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, bu borada Toshkent shahri (1 393 ta) va Buxoro viloyati (1 064 ta) peshqadam.

Davstatqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida respublika bo‘yicha 10 406 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo‘lgan. 

Bu holat hududlar kesimida (poytaxt va Buxoro viloyatidan so‘ng) quyidagicha:

  • Samarqand viloyati – 979 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 944 ta
  • Xorazm viloyati – 921 ta
  • Toshkent viloyati – 916 ta
  • Surxondaryo viloyati – 882 ta
  • Qoraqalpog‘iston R. – 855 ta 
  • Farg‘ona viloyati – 599 ta 
  • Namangan viloyati – 419 ta 
  • Andijon viloyati – 409 ta
  • Navoiy viloyati – 411 ta 
  • Jizzax viloyati – 339 ta 
  • Sirdaryo viloyati – 275 ta
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring